Samarqandda fuqaro sigaret chekkan holda uxlab, yong‘in qurboniga aylandi
2019 yil 26 aprel kuni Samarqand shahrida yashagan D.S. uyida sigareta chekib uxlab qolishi oqibatida sigareta kuli divan ustiga tushib yong‘in sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, Yong‘in D.S.ning qo‘shnilari tomonidan o‘chirilgan. Oqibatda D.S. tutundan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 25 mart kuni Surxondaryoda ham bir kishi xuddi shu tarzda qurbon bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter