Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda qariyb 2 mlrd. so‘mlik elektr «uxlatildi»

Samarqandda qariyb 2 mlrd. so‘mlik elektr «uxlatildi»

Foto: Prokuratura departamenti.

Pastdarg‘om tumanida 1,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilgan. Unda Pastdarg‘om tumanida faoliyat yurituvchi «X.I.» fermer xo‘jaligi rahbari E.T. «Xoncharbog‘» mahallasidagi nasos stansiyasining elektr hisoblagichi sxemasini buzib, jami 2 mln kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Namanganda 1 mlrd. so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlangani xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring