Samarqandda noma’lum shaxs xonadondan 5 bosh qo‘yni o‘g‘irlab ketdi
Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 20-yanvar kuni fuqaro H.T. IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Aniqlanishicha, shu yil 8-yanvarga o‘tar kechasi noma’lum shaxs hovlisidagi qo‘yxonasidan 5 bosh qo‘y va 1 bosh echkisini o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navoiy viloyatida yashovchi 1992-yilda tug‘ilgan S.I. va 1995-yilda tug‘ilgan B.X. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter