Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda «negativ» material uchun pul olgan shaxs ushlandi

Samarqandda «negativ» material uchun pul olgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi fuqaro N.X. tuman hokimligi mansabdorlaridan moddiy mablag‘ undirish maqsadida ularning faoliyati xususidagi asossiz va noxolis materiallarni doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish yo‘li bilan taxdid qilib, 15 million so‘m so‘ragan.

Kecha, 6 aprel kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tezkor tadbir o‘tkazib, N.X. mansabdor shaxsdan 15 million so‘m pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Samarqand viloyati IIB xabarida.

Ammo xabarda mansabdor shaxs kimligi ochiqlanmagan, «asossiz va noxolis» materiallarga aniqlik kiritilmagan.

Eslatib o‘tish kerak, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov 15 fevraldan boshlab tanqidiy material tayyorlab, taqdim etadigan jurnalist va blogerlarni moddiy rag‘batlantirishini aytgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring