Samarqandda Lacetti to‘rt kishini bosib ketdi
Samarqand viloyati Urgut tumanida Lacetti haydovchisi to‘rt nafar piyodani urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 25 oktyabr kuni soat taxminan 22:30 larda Urgut tumani «G‘o‘s» mahallasi hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda haydovchi A.O. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti avtomashinasini me’yoridan ortiq tezlikda boshqarib borgan. Ushbu yo‘lning qatnov qismida piyoda harakatlanib ketayotgan 4 nafar fuqarolarni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.
Oqibatda 2 nafar piyoda og‘ir tan jarohati olib Urgut tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan, 2 kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter