Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda «Kobalt» va «Neksiya» to‘qnashdi. Sakkiz kishi halok bo‘ldi

Samarqandda «Kobalt» va «Neksiya» to‘qnashdi. Sakkiz kishi halok bo‘ldi

Foto: Arxiv. «Gazeta.uz»

Kecha, 7-aprel kuni kechki soat 17:25larda Samarqand viloyatining Payariq tumanida jiddiy yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1996-yilda tug‘ilgan O.Kamolov o‘zining «Kobalt» rusumli avtomashinasini «Zarafshon o‘ng sohili» 4R-48 yo‘lining 43-kilometrida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1995-yilda tug‘ilgan S.Sunnatov boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Oqibatda «Kobalt» avtomashinasi haydovchisi O.Kamolov va uning 2 nafar yo‘lovchisi voqea joyida, «Neksiya» avtomashinasi haydovchisi S.Sunnatov va uning 4 nafar yo‘lovchisi kasalxonaga keltirilganida hayotdan ko‘z yumgan.

Shuningdek «Kobalt» avtomashinasining yana 3 nafar yo‘lovchilari, jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring