Samarqandda «Kobalt» urib yuborgan 5 yashar qizaloq vafot etdi
Samarqand viloyati, Urgut tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lda «Kobalt» 5 yoshli qizaloqni urib yubordi.
Ta’kidlanishicha, soat 8:00 lar chamasi do‘konga chiqqan qiz yo‘lni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan.
Yuqori tezlikda kelayotgan «Kobalt» haydovchisi vaqtida mashinani to‘xtatishga ulgurmaydi va natijada piyodani urib yuboradi. Jabrlanuvchi qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan ZIL avtomashinasi g‘ildiraklari ostida qolib ketgan.
Sog‘liq uchun zararli tan jarohatlari oqibatida jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter