Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda yer sotmoqchi bo‘lgan mansabdorlar ushlandi

Samarqandda yer sotmoqchi bo‘lgan mansabdorlar ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazdi

Unda viloyat Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazining Samarqand shahar bo‘linmasi mutaxassisi chorvachilik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan tadbirkordan 35 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi. Aniqlanishicha, u Nurobod tumanidagi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan biriga tegishli 78 gektar lalmi yer maydonini 135 ming AQSh dollari evaziga tadbirkor nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Samarqand tuman bo‘limi katta inspektori o‘ziga tegishli fermer xo‘jalikning 20 gektar yer maydonini 50 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 25 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Boshqa bir holatda esa Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 1975 y.t. shaxs o‘zi ish boshqaruvchi vazifasida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jalikning 6 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga talab qilingan 170 ming AQSh dollaridan 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring