Samarqandda bir kanalchaning ustidan 1,4 mlrd so‘mni «tuya qilishdi»
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, «M.Y.» MChJ rahbari M.B. tuman Irrigatsiya bo‘limi mas’ul shaxslari bilan o‘zaro til biriktirib, Irrigatsiya bo‘limi balansidagi kanallarni joriy ta’mirlash va tozalashda haqiqatda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, jami 1,4 mlrd so‘mni o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter