Samarqandda o‘quvchilar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi
Jamoat joyida mushtlashgan shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, 2022 yilning 5 iyul kuni 19:30 larda Samarqand shahrining Dahbed ko‘chasida joylashgan o‘quv markazlaridan birining bir guruh o‘quvchilari o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik oqibatida janjal yuzaga kelgan.
Hodisa joyga IIB xodimlari yetib kelib janjal bartaraf etilib, fuqarolar hududiy IIBga olib kelinib, holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Hozirda Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter