Samarqandda bir gektar yer 500 ming «ko‘ki»ga baholandi
Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Ma’lum bo‘lishicha uch nafar shaxs Samarqand shahar Qorasuv maskanida boshqa birovga tegishli bo‘lgan yer maydonidan bir gektarini firibgarlik yo‘li bilan 500 ming AQSh dollarga sotishni rejalashtiradi. Ular «mijozdan» 250 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasida Jinoyat Kodeksining 168 moddasi 4 qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov xarakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter