Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda bir fuqaroni urib, talab, so‘ng Toshkentga jo‘natvorganlar qidirilmoqda

Samarqandda bir fuqaroni urib, talab, so‘ng Toshkentga jo‘natvorganlar qidirilmoqda

2018-yil 21-iyun kuni Samarqand shahrida vaqtincha yashovchi A.R. shu shaharda tanishi bilan o‘zaro janjallashib, olgan tan jarohati sabab Toshkent shahridagi Chilonzor tumanida joylashgan RShTYoIMga yotqizilgan edi.

Samarqand shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari natijasida shu yil 21-iyun kuni A.R.ning tanishi, Samarqand shahrida yashovchi 1989-y.t. A.B. va birga yashovchi rasmiy nikohsiz eri, 1987-y.t. A.O‘. fuqaro A.R.ning vaqtincha yashayotgan xonadoniga kelib, hech bir sababsiz uning yuz va bosh qismiga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazgan.

So‘ng «iRhone-5S» mobil telefoni va pullari, hisobida mablag‘lari bo‘lgan bank kartochkalarini olib, o‘zini yo‘lovchi taksi avtomashinasiga o‘tkazib, Toshkent shahriga jo‘natib yuborib, o‘zlari voqea joyidan yashiringanliklari aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, A.B. va A.O‘.ni ushlash choralari ko‘rilgan.

«Hurmatli fuqarolar, agar siz yuqorida jinoyat sodir etgan shaxslar haqida biron ma’lumotga ega bo‘lsangiz, darhol hududiy ichki ishlar bo‘limlariga murojaat qilishingizni yoki «102» raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raymiz. Bu bilan siz ushbu shaxslar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan turli jinoyatlarning oldini olgan bo‘lasiz», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring