Samarqandda bir ayol o‘zini osdi
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning xabar berishicha, 2022 yil 27 iyun kuni soat taxminan 04:30 larda Toyloq tumani Bog‘izag‘on mahallasi Samarqand ko‘chasida yashagan 1991 yilda tug‘ilgan G.I. o‘zining yashash uyi mehmonxonasida kiyim ilgichga ayollar ro‘moli bilan o‘zini osib, o‘z joniga qasd qilgan.
Aniqlanishicha, G.I. Toyloq tumani Bog‘izag‘on mahallasida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan O.X. bilan 2019 yilda qonuniy nikohdan o‘tib, birga yashab kelishgan.
Qayd etilishicha, turmushlari davomida 2 nafar 2019 va 2021 yilda tug‘ilgan farzandi bor.
Marhumaning o‘z joniga qasd qilganligi holati bo‘yicha o‘lim sababini aniqlash maqsadida uning murdasi sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvidan o‘tkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda, holat yuzasidan tegishli idoralarga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter