Samarqandda besh nafar ishchi o‘tin cho‘g‘idan zaharlandi
![Samarqandda besh nafar ishchi o‘tin cho‘g‘idan zaharlandi](https://static.xabaruz.com/crop/3/1/720_460_95_3125969412.jpg)
Samarqand shahrida besh nafar ishchi is gazidan zaharlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2019-yil 5-noyabrga o‘tar kechasi (soat taxminan 23:30da) Samarqand shahar Qorasuv massivi «Obod maskan» MFY hududidagi ko‘p qavatli uy-joy qurilishida ishlayotgan 5 nafar usta yotoqxonani isitish maqsadida qo‘lbola temir idishda o‘tin cho‘g‘ini olib kirib uxlashi natijasida is gazidan zaharlangan.
Ayni paytda ular shifoxonada. Bemorlarga «Is gazidan o‘tkir zaharlanish» tashxisi qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter