Samarqandda baxtsiz hodisa. Prokuratura tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda
2019-yil 17-sentyabr kuni soat taxminan 18-30 larda 3 nafar fuqaro Paxtachi tumanida joylashgan, davlat zahirasida bo‘lgan «Qoraqo‘ton» tog‘ hududidagi shaxtada oltin moddasini o‘zboshimchalik bilan qazish ishlarini olib borayotganlarida tog‘ toshi bosib qolishi natijasida 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 1 nafar fuqaro esa tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter