Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda ayol uch bolasi bilan o‘zini kanalga tashladi. Ikki go‘dak nobud bo‘ldi

Samarqandda ayol uch bolasi bilan o‘zini kanalga tashladi. Ikki go‘dak nobud bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

2022-yil 3-noyabr kuni Samarqand tumani «Jarqishloq» mahallasida yashovchi 1996-yilda tug‘ilgan Q.A. qaynonasi bilan o‘rtalarida kelib chiqqan oilaviy kelishmovchilik natijasida unga «achchiq qilib», o‘zini 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan birgalikda Samarqand tumani «Yangiariq» mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Darg‘om kanaliga tashlab yuborgan.

Qayd etilishicha, tumanning Yangiariq mahallasida joylashgan «Oq-amur» nomli oshxonada ishlovchi fuqarolar tomonidan ular suvdan chiqarib olingan.

Afsuski ayolning ikki nafar farzandi vafot etgan. O‘zi va yana bir farzandi tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib davolanish uchun shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Samarqand tuman prokuraturasi tomonidan tergovga-qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring