Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda abituriyentlarni aldagan «bunkerlar» ushlandi (video)

Samarqandda abituriyentlarni aldagan «bunkerlar» ushlandi (video)

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha departament xodimlari Samarqand viloyatida oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida abituriyentlarga yordam berishga uringan bir guruh shaxslarni — «bunker»ni qo‘lga oldi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi axborot-tahlil multimedia markazi ma’lum qildi.

Huquqni muhofaza qilish organlari guruh a’zolaridan biri M.N. xizmat uchun oldindan 3000 dollar pulni avans sifatida olayotganida ushlagach, guruhning iziga tushgan edi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, guruh A.A. tomonidan shakllantirilgan.

«Bunker»larning vaqtinchalik xonadonlari ko‘zdan kechirilganida 23 ta fuqarolik papsorti va ularning 97 ta rangli nusxalari, 13 ta ro‘yxatga olish varaqalari, abituriyentlarning ismlari yozilgan ikki ro‘yxat va boshqa hujjatlar topilgan va daliliy ashyo sifatida olingan.

7 avgust kuni A.A. va guruhning boshqa a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» va «b» bandlari («bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirish orqali ancha miqdorda firibgarlik qilish»), 28-moddaning 1-qismi («jinoyatda ishtirok etish») va 211-moddda («pora berish») alomatlari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring