Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suv balosi: 5,2 mlrd so‘mlik ko‘prik, Samarqandda «suzayotgan hovlilar» va boshqa hodisalar (foto)

Suv balosi: 5,2 mlrd so‘mlik ko‘prik, Samarqandda «suzayotgan hovlilar» va boshqa hodisalar (foto)

Nurobod tumani Uzku qishlog‘idagi ko‘prik.

Foto: UzbMeteo.

O‘zbekiston hududida bir necha kunlardan beri davom etayotgan yog‘ingarchilik sabab hosil bo‘lgan sel joylarda qator noxush hodisalarni keltirib chiqardi. 

Jumladan, Samarqand viloyati Nurobod tumani Uzku qishlog‘idagi eski anhor kanaliga qurilgan 24 metrli yangi ko‘prikni hududda yoqqan ko‘p yog‘ingarchilik natijasida hosil bo‘lgan sel suvlari zararlamoqda.

Ko‘prik o‘tgan yili noyabr oyida  5,2 mlrd so‘mga yangidan qurilib, topshirilgandi.

Shuningdek, Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1075-1077 kilometrlari oralig‘ida suv to‘plangan bo‘lib, hozirda hududiy FVB va YHXB xodimlari zaruriy choralar ko‘rmoqda.

Foto:IIV YHXBB.

Yog‘ingarchilik Samarqand shahridagi ayrim aholi yashash xonadonlarida suv to‘planishiga olib kelgan.

FVB maxsus texnikalari yordamida joylarda yig‘ilib qolgan suv massalari tortib olinmoqda.

Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiqda sel kelishi oqibatida ko‘prik buzilish holatiga kelib qolgani videosi ham tarqaldi.

Eslatib o‘tamiz, Gidrometeorologiya xizmati joriy yilning 16-19 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi e’lon qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring