Samarqandda 2 yoshli bolaning qo‘li elektr go‘sht qiymalagichdan chiqarib olindi (foto)

18-fevral kuni Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Y.M FVV viloyat boshqarmasiga 2 yashar farzandi A.F.ning qo‘li elektr go‘sht qiymalagichga kirib qolganliginini xabar bergan. Shuningdek, farzandini RShTYIM viloyati filialiga olib borganligi bildirgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shundan so‘ng, zudlik bilan boshqarma mas’ul navbatchisi va 5 nafar qutqaruvchilari RShTYIM Samarqand filiali jarroxlik bo‘limiga yetib borishgan.
Natijada tibbiyot xodimlari va qutqaruvchilari elektr go‘sht qiymalagichni maxsus moslamalar bilan kesib, bolaning qo‘lini chiqarib olishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter