Samarqand va Buxoroda «tanka»lar qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Aytilishicha, fuqaro A.N. 2 nafar fuqaroni «Nukus innovatsion instituti» Samarqand filialiga 2-bosqichga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Kogon shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar G.S. va B.A. fuqaro Z.B.ni tanishlari yordamida G‘ijduvon tuman Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter