Samarqandda 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
![Samarqandda 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/2/720_460_95_2200799175.jpg)
28-mart kuni soat taxminan 11:00 larda Samarqand shahrida yashovchi 5 nafar fuqarolar xonadonda o‘rnatilgan isitish pechi (golland pechi) dan is gazi ajralib chiqishi natijasida zaharlanganlar. Bu haqda Samarqand viloyati prokuraturasi xabar bermoqda.
Natijada, 4 nafar fuqaro vafot etib, 1 nafari esa kuchli zaharlanish alomatlari bilan RShTTYoIAM Samarqand filialiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter