«Samarqand darvoza»dagi portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahridagi «Samarqand darvoza» savdo majmuasi oldida o‘t o‘chirish moslamasi portlashi natijasida odamlar jarohatlangani xabar berilgandi.
Holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan fuqarolar I.A., U.M., A.L., Z.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 250-moddasi («Portlash xavfi bo‘lgan moddalar yoki pirotexnika buyumlaridan foydalanish qoidalarini buzish») alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov davom etmoqda, aybdor shaxslar qonun oldida javob beradi, deyiladi IIBB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter