Rossiyaning Lipetsk viloyatidagi YTHda o‘zbekistonliklar halok bo‘ldi (ro‘yxat)

Kecha, 6 sentyabr kuni soat 20:30 da Rossiyaning Lipetsk viloyati Dobrovskiy tumanida — Lipetsk – Chapligin yo‘lining 28-kilometrida ikkita yengil mashina — «Toyota RAV4» va «VAZ 2103» yuzma-yuz to‘qnashib ketgan. Voqea joyida besh kishi («VAZ 2103» haydovchisi va yo‘lovchilari) halok bo‘lgan. «Toyota» haydovchisi esa og‘ir holatda reanimatsiyaga yotqizilgan.
«Vesti48.ru» xabar berishicha, halok bo‘lganlar o‘zbekistonliklar bo‘lib, ular Dobrovskiy tumanida qonuniy asosda yashab, ishlab kelishgan.
YTH da halok bo‘lganlar o‘zbekistonliklar ekanini O‘zbekiston FVV xabari ham tasdiqladi.
Halok bo‘lgan fuqarolar:
1. Axmedov Mavlonbek Raxinbayevich 1986-y.t;
2. Sapayev Mirzabek Ibodullayevich 1990-y.t;
3. Samandarov Narimon Alimovich 1984-y.t;
4. Adambayev Javlonbek G‘ulamovich 1983-y.t;
5. Allaberdiyev Azizbek Qosimovich 1983-y.t.
Qayd etilishicha, hozirda halok bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadi Lipetsk viloyati Dobrovskiy tumani shifoxonasida saqlanmoqda.
Vafot etgan fuqarolarning yaqinlari va qarindoshlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Tezkor raqami» (+998 71) 147-10-50 ga murojaat etishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter