Rossiyaning Yeysk shahrida «Su-34» samolyoti turarjoy binosi yoniga quladi
Yeysk shahri (Rossiya, Krasnodar o‘lkasi)dagi ko‘p qavatli turarjoy binosi yoniga samolyot quladi.
«Interfaks» xabariga ko‘ra, qiruvchi-bombardimonchi «Su-34» samolyoti qulagan.
Guvohlarga ko‘ra, voqea joyida portlash ovozlari eshitilmoqda.
Samolyot qulashi oqibatida yuzaga kelgan yong‘in turarjoy binosiga o‘tgan. Yong‘in maydoni 2 ming kvadrat metrni tashkil qilib, to‘rtinchi darajali xavfli, deya tasniflangan.
Voqea joyiga yong‘inga qarshi va qutqaruv xizmatlari yetib kelgan.
Yeysk — Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Mariupol shahri yaqinida joylashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter