Rossiyaning basketbol bo‘yicha taniqli trenerlari O‘zbekistonga kelib FIBA qoidalari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadi
2018-yilning 2-iyunidan buyon Adliya vaziri R.Davletov rahbarlik qilayotgan O‘zbekiston basketbol federatsiyasi vakillari ayni damda Rossiya Federatsiyaning Moskva shahrida seminar-treningda ishtirok etishmoqda.
Ushbu seminar-trening davomida basketbol bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining tajribasini O‘zbekistonda ham ommalashtirish, yetakchi mutaxassislarni O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha qisqa muddatli uchrashuvlar tashkil qilindi.
Uchrashuvlarda basketbol bo‘yicha ko‘zga ko‘ringan, mashhur hakamlar, trenerlar O‘zbekistonga kelib FIBA qoidalari bo‘yicha basketbol hakamlari va trenerlariga seminarlar o‘tkazish bo‘yicha takliflarni bildirishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter