Rossiyadagi neft omborida 4 o‘zbek zaharlandi
20-avgust kuni Ryazan viloyatidagi sobiq “Ximvolokno” zavodida neft mahsulotlarini saqlash omborini tozalayotgan O‘zbekistonning 4 fuqarosi zaharlangan.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi bergan ma’lumotga ko‘ra, ulardan biri voqea joyida vafot etgan, ikki nafariga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, to‘rtinchisiga vrachlar ruxsat berib yuborgan.
Elchixonaning konsullik bo‘limi vaziyatni o‘z nazoratiga olgan. Ryazan viloyatidagi o‘zbek diasporasi va O‘zbekiston hukumati marhumning jasadini vatanga yuborish bo‘yicha masalalar bilan shug‘ullanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter