Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada to‘rt nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiyada to‘rt nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

2019-yil 17-aprelga o‘tar kechasi shaharning qurilish ob’yektlaridan birida o‘zbekistonlik fuqarolar halok bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyatidan bo‘lgan fuqarolar yong‘in va gazdan zaharlanish oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Ular:

- Mengtoshev Shuhrat Uralovich, 22.08.1989-yilda tug‘ilgan;
- Qurbonov Akbarali Saidmurodovich, 23.11.1995-yilda tug‘ilgan;
- Ziyadullayev Ulug‘bek Olimjonovich, 18.11.1998-yilda tug‘ilgan;
- Choriyev Isroil Ravshanovich, 18.10.1996-yilda tug‘ilgan.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hamyurtlarimiz 15-aprel kuni Yekaterinburg shahri Akademik tumanidagi qurilish ob’yektlaridan biriga ishga kirish uchun kelishgan.

Ayni paytda vakolatli organlar tomonidan voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun tergovoldi tadbirlari boshlangan.

Bosh konsulxona marhum fuqarolarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirib, O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi bilan hamkorlikda mazkur vaziyat nazoratga olingani va vafot etganlarning jasadlarini vatanga qaytarish masalasi hal qilinayotgani to‘g‘risida ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring