Rossiyada O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari mushtlashishdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasidagi mehnat migrantlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergani, unda O‘zbekiston fuqarolari ham ishtirok etgani haqida video tarqaldi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Moskva shahri Tagilsk ko‘chasida joylashgan qurilish maydonida qurilish materiallari noto‘g‘ri taqsimoti sababli mushtlashuv yuz bergan, unda O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ishtirok etgan. Ularning barchasi «Everest» korxonasi ishchilari bo‘lgan.
Ichki ishlar bo‘limiga olib ketilganlardan 10 nafari O‘zbekiston va 13 nafari Tojikiston fuqarolari hisoblanadi, deyiladi xabarda.
Ushbu hodisa natijasida hech kim og‘ir jarohat olmagan va tibbiy yordamga murojaat qilmagan. Qo‘lga olinganlarga bayonnoma rasmiylashtirilib, ma’muriy jarimalar tayinlangan.
«Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizdan mahalliy qonun-qoidalarga rioya qilishi hamda boshqa davlat fuqarolari bilan o‘zaro hurmatda bo‘lishi so‘raladi», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter