Rossiyada milliarderlar soni oshdi
Rossiyaning ikki yuz nafar eng boy tadbirkorining boyligi 2017-yilda jami 25 milliard dollarga oshib, 485 milliardga yetdi. Milliarderlar soni esa 96 nafardan 106 nafarga oshgan. Bu haqda «Forbes»ga tayanib, «РИА Новости» xabar bermoqda.
Eng yaxshi natijalarni metallurglar qayd etgan. Reytingda eng yuqori o‘rinni davlati 19,1 milliard dollarga baholanayotgan «Novolipetsk metallurgiya kombinati» direktorlar kengashi raisi Vladimir Lisin egalladi. Ikkinchi o‘rin 18,7 milliard dollar bilan «Северстал» aksioneri Aleksey Mordashovga nasib etdi. O‘tgan yili yetakchilik qilgan «Сибур» va «Новатек» rahbarlaridan biri Leonid Mixelson 400 millionini yo‘qotib, 18 milliard dollar bilan uchinchi o‘rinda turibdi.
Eng boy o‘ntalikdan, shuningdek, «Норильский никель» rahbarlaridan biri Vladimir Potanin (15,9 mlrd. dollar), «Русал» aksioneri Viktor Vekselberg (14,4 mlrd. dollar) va «Металлоинвест»ning asosiy aksioneri Alisher Usmonov(12,5 mlrd. dollar)lar ham joy oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter