Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada 21 yoshli o‘zbekistonlik qurilishda halok bo‘ldi

Rossiyada 21 yoshli o‘zbekistonlik qurilishda halok bo‘ldi

Rossiya Federatsiyasining Leningrad viloyatidagi qurilish maydonchasida ikki nafar mehnat migranti halok bo‘ldi. Mazkur holat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi xodimlari tomonidan o‘rganilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2023-yil 21-fevral kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 19:00 da Leningrad viloyati, Vsevolojsk tumani, Zanevskoye shaharchasida qurilish maydoni hududida pudratchi «Stroykraft» MCHJning ikki nafar quruvchisi qurilish fasad lifti yiqilishi oqibatida vafot etgan.

Vafot etgan quruvchilarning bir nafari 2002-yilda tug‘ilgan J.A. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi, deyiladi xabarda.

Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan tergov qo‘mitasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring