Quyichirchiqdagi ichkilikbozlik o‘lim bilan tugadi
«Shu yilning 5-iyun kuni tungi soat 00:10 lar atrofida Quyichirchiq tumanining «Mingo‘rik» MFY Oqqo‘rg‘on ko‘chasi 6-uyda qotillik sodir etildi», — deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi. Mash’um voqeaga ichkilikbozlik sabab bo‘lgan.
Shu yerda yashovchi 1-guruh nogironi G.X. tanishi A.A. bilan aroqxo‘rlikdan so‘ng undan uyiga ketishni talab qiladi. Biroq A.A. rad javobini berganidan so‘ng janjal chiqib G.X. jahl ustida qo‘liga ilingan oshpichoq bilan uning o‘ng soniga bir marta zarba beradi. A.A. bir qancha vaqt o‘tib hodisa joyida vafot etgan.
Sud-tibbiyot ekspertizasining 2018-yil 5-iyundagi dastlabki ma’lumotnomasida A.A.ning o‘limiga soniga jarohat yetkazilishi oqibatida qon tomiri shikastlanib ko‘p qon yo‘qotishi sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan 2018-yil 5-iyun kuni Toshkent viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter