Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quvada fuqaro mobil ilova orqali tanishining kartasini «ship-shiydon» qildi

Quvada fuqaro mobil ilova orqali tanishining kartasini «ship-shiydon» qildi

Foto:«Xabar.uz»

24-sentyabr kuni Quva tumanida yashovchi fuqaro I.E., tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan.  Unda bayon etilishicha, fuqaroga tegishli bank plastik kartasi hisobidan 2.135.625 so‘m miqdoridagi pullar yechib olingan. 

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida fuqaro I.E., tanishi 28 yoshli N.Yu., bilan birgalikda ziyorat vaqtida, 2020-yilning 7-sentyabr kunidan 10-sentyabr kuniga qadar mobil ilova orqali N.Yu., o‘zining telefon raqamiga I.E.,ning plastik karta raqamlarini kiritib, 2.135.625 so‘mni yechib olishga erishganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «b» bandi (o‘g‘irlik) bilan qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring