Qozog‘istonda gaz balloni portlab, ikki o‘zbekistonlik jarohatlandi
Kecha, 18-yanvar kuni Qozog‘istonning Yesik shahridagi novvoyxonada sodir bo‘lgan yong‘inda ikki nafar o‘zbekistonlik jarohatlandi.
Favqulodda vaziyatlar departamenti xabariga ko‘ra, tungi soat 02:00 larda portlash haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yetib borgan yong‘inga qarshi xizmatchilar xavfsizlik texnikasiga rioya qilinmasligi oqibatida portlash va yong‘in yuzaga kelganini qayd etishgan.
«Tandirli novvoyxona ombori hududida foydalanish talablari buzilishi oqibatida 50 litr sig‘imli maishiy gaz balloni portlab ketgan va 10 kvdrat metr maydon yongan, 96 kvadrat metr maydonga teng devor va tom qulagan», — deyiladi Olmaota viloyati FVD matbuot xizmati bayonotida.
Voqea joyida O‘zbekistonning ikki fuqarosi jabrlangan. Har ikkisi ham ikkinchi darajali kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter