Qozog‘istonda ayanchli hodisa: 11 kishi Sirdaryoda cho‘kib ketdi
Qozog‘istonning Turkiston viloyatida Sirdaryo daryosida cho‘milayotgan 11 kishi suzish uchun belgilanmagan joyda cho‘milayotib cho‘kib ketdi.
Bu haqda «Kazinform» Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.
Favqulodda vaziyatlar departamenti kuchlari 6 nafar jasadni suvdan olib chiqdi (shaxsi va yoshi aniqlanmoqda), besh kishini qidirish ishlari davom etmoqda.
Voqea joyiga 144 kishi, 16 ta texnika, 6 ta suzish inshooti va dronlar jalb etilgan: Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, ichki ishlar organlari, mahalliy ijroiya organlari xodimlari ishlamoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni suv havfsizligi choralariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter