«Qo‘yliqdagi maski-shou» videosiga izoh berildi
Internet tarmog‘ida «Qo‘yliqda maski-shou?» sarlavhali video tarqalib, unda muallif ichki ishlar organlari xodimlari xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilib fuqarolarga nisbatan jismoniy kuch ishlatayotganlari haqida xabar bergan. Shahar IIBB holatga munosabat bildirdi.
«Ushbu xabar haqiqatdan yiroqdir» – deyiladi munosabatda.
Qayd etilishicha, 2021-yil 31-dekabr kuni huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, poytaxt aholisi va mehmonlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari Toshkentda «Xavfsiz poytaxt» konsepsiyasi doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazgan. Xodimlar aholiga nisbatan kuch ishlatmagan, hech kimga badan shikastlari yetmagan.
«Fuqarolardan ma’lumotlarni rasmiy manbalardan olishlarini iltimos qilamiz. Noto‘g‘ri xabarlarni tarqatish javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin», — deyiladi xabarda.
Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter