«Qo‘yliq» ko‘prigidan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan 27 yoshli ayol qutqarib qolindi
2019-yil 9-iyul kuni soat 21:40 atrofida «Qo‘yliq» dehqon bozori yonidagi ko‘prik ustidan o‘zini tashlab, joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayol qutqarib qolindi.
Voqeani ko‘rib befarq bo‘lmagan aholining sa’y-harakatlari natijasida IIB xodimi va Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi o‘z vaqtida yetib kelgan. Qaltis vaziyatda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining tezkor va ishonchli harakati ayol hayotini saqlab qoldi.
Shundan so‘ng fuqaro hudud IIB bo‘linmasiga olib borilgan va u bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Suhbat natijasida fuqaro 1992-yil 15-iyunda Toshkent viloyati Nurafshon shahrida tug‘ilgan A.B. ekanligi, turmush o‘rtog‘i B.E. bilan oilaviy janjallar sababli o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Hozirda fuqaro A.B. ga tibbiy va ruhiy yordam berish maqsadida mutaxassislar jalb qilingan, deyiladi Milliy gvardiya matbuot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter