Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qotil ota changalidan arang qochgan qizaloqlar jonlantirish bo‘limidan chiqdi

Qotil ota changalidan arang qochgan qizaloqlar jonlantirish bo‘limidan chiqdi

Yaqinda namanganlik fuqaro xotini va uch nafar qiziga bolta bilan jarohat yetkazishi oqibatida ayol va uch yarim oylik chaqaloq vafot etgani, ikki nafar norasida esa qo‘shnining uyiga arang qochib  qutulgani xabari berilgandi.

Yuz bergan oilaviy fojia oqibatida og‘ir jarohat olgan opa-singillar kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan edi.

Mushtariy va Mubina bundan 10 kun avval bolta bilan yetkazilgan bosh miya ochiq jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialiga keltirilgandi. Bugun qizaloqlar jonlantirish bo‘limidan chiqdi. Bu haqda mahalliy jurnalist Aziz Abduvaliyev  ma’lum qildi. Unga ko‘ra, qizlar bu yerda bir muddat davolanishdan so‘ng bolalar shifoxonasi nevrologiya bo‘limiga yuboriladi va psixologlar kuzatuvida bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring