Qoraqalpog‘istondagi uy portlashi qurbonlari soni keskin ko‘paydi
Nukusda joylashgan ko‘pqavatli uy portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni beshtaga yetdi.
FVV xabariga ko‘ra, erta tongga kelib, vayronalar ostidan yana 4 nafar fuqaroning jasadi topilib, jami halok bo‘lganlar soni beshtaga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, 30-yanvar kuni soat 02:30 larda FVV qutqaruvchilari tomonidan turli darajadagi jarohatlar bilan vayronalar ostida qolib ketgan 5 yoshli qizaloq chiqarib olinib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan. Shuningdek, oradan 30 daqiqa o‘tib bino konstruksiyalari orasidan bir nafar fuqaroning jasadi topilgandi.
Voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vaziri boshchiligida hodisa oqibatlarini bartaraf yetish ishlari davom yetmoqda.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter