Qoraqalpog‘istondagi ayanchli avtohalokatda 2 ayol qurbon bo‘ldi

21-avgust soat 03:30 larda 24 yoshli fuqaro Cobalt mashinasida qarshisidan kelayotgan 40 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Nexia mashinasi bilan to‘qnashgan.
Cobalt haydovchisi Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumani hududidan o‘tuvchi “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau” yo‘lida ketayotgan bo‘lgan.
Oqibatda Cobalt haydovchisi, ayol yo‘lovchisi, Nexia’dagi 2 yo‘lovchi (biri 18 yoshli qiz) turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, ayol va qiz shu yerda vafot etganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter