Qoraqalpog‘istondagi «itlar qabristoni» yuzasidan rasmiy bayonot berildi
OAVda Nukus shahri yaqinida 100 dan ortiq kuchuk va mushuklarning o‘ligi topilgani haqidagi xabar berilgandi.
Qoraqalpog‘iston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirdi.
Ta’kidlanishicha, mazkur holat respublika qo‘mitasi inspektorlari P.Nizomov va Q. Rimovlar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilgan.
Aytilishicha, Nukus shahri yaqinida joylashgan maishiy chiqindilar poligonida hech qanday it va mushuklarning jasadi yo‘qligi ma’lum bo‘lgan. Ular aholi yashash punktidan taxminan 12−15 km. uzoqlikdagi belgilanmagan joyga ko‘mib tashlanganligi aniqlandi.
«Ta’kidlab o‘tish joizki, o‘rganish asnosida it va mushuklarning jasadlari Nukus shahar obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari tomonidan A-380 «Nukus-To‘rtko‘l» avtomagistral yo‘lining o‘ng tomonida, aholi yashash punktidan taxminan 12−15 km uzoqlikdagi belgilanmagan joyga noqonuniy ravishda ko‘mib tashlanganligi aniqlandi», — deyiladi xabarda.
Ushbu holatda qonunga xilof ravishda ish tutgan mas’ul shaxslardan tushuntirish xatlari olingan, zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, Qoraqalpog‘iston prokuraturasiga taqdim etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter