Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat rejimi yumshatildi

Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat rejimi yumshatildi

Foto: «Xabar.uz»

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi vaziyatning barqarorlashgani va hudud aholisining odatdagi hayot tartibiga qaytayotganini hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qoraqalpog‘iston hududida joriy etilgan favqulodda holat rejimini yumshatish, ya’ni komendantlik soatining amal qilish vaqtini «soat 21 dan soat 7 ga qadar» o‘rniga «soat 23 dan soat 5 ga qadar» etib belgilashga qaror qilindi.

Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi 2022 yil 2 iyuldagi Prezident farmoniga tegishli o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi farmon davlatimiz rahbari tomonidan imzolandi va Oliy Majlis palatalariga tasdiqlash uchun yo‘llandi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident farmoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring