Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda chaqaloq jangovar o‘qdan yaralangani bo‘yicha xabar izohlandi

Qoraqalpog‘istonda chaqaloq jangovar o‘qdan yaralangani bo‘yicha xabar izohlandi

«Chet davlatlardan biridagi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqolpog‘iston halqi nomidan turli feyk xabarlar tarqtishga urinmoqdalar», deyiladi Milliy gvardiya matbuot xizmati xabarida.

Unda aks ettirilgan foto tasvirga izoh berilib, shifoxonada yotgan chaqaloqning jangovor o‘qdan yaralanganligi to‘g‘risida aytilgan.

Mazkur xabar yuzasidan mas’ul xodimlar tomonidan Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filialiga borib o‘rganildi. Navbatchi vrach xirurg Boburbek Tilmurodov tarqatilgan fotosurat va unga berilgan izoh noto‘g‘ri ekanligini aytib, bunday jarohat olgan chaqaloq shifoxonada umuman qayd etilmaganligini tasdiqladi.

Hurmatli fuqarolar g‘araz niyatda bo‘lgan ayrim shaxslar tomonidan tarqatilayotgan bu kabi noto‘g‘ri xabarlarga ishonib qolmang, deyiladi xabarda.

Avvalroq, AQShlik ekspert Qoraqalpog‘istondagi voqealar yuzasidan munosabat bildirgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring