Qoraqalpog‘istonda bir xonadonda olti kishi vafot etdi
Xo‘jaylida birdaniga olti kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi Kun.uzga ma’lumot bergan.
Voqea kecha, 9-dekabr kuni sodir bo‘lgan. Bu haqda Xo‘jayli tumani IIBga soat 17:00 da ma’lumot kelib tushgan.
Yosh ota-ona va ularning farzandlari, shu kuni uyga mehmonga kelgan qarindoshi isitish pechidan chiqqan gaz hididan zaharlanib olamdan o‘tgan. Bolakaylarning biri 11, ikkinchisi 7 yoshda bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, uy egalari isitish pechidagi gazni ochiq holatda yoqqan.
Holat bo‘yicha Xo‘jayli tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter