Qoraqalpog‘istonda bir guruh ayollar qizni «samosud» qildi

Joriy yilning 25 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh ayollar tomonidan bir qizning do‘pposlangani videosi tarqaldi.
Olib borilgan tezkor surishtiruv davomida fuqaro L.A.ning og‘zaki ko‘rsatmasiga ko‘ra, joriy yilning 7 mart kuni soat taxminan 21:00 lar chamasida Nukus shahrida yashovchi Yu.S , J.D, K.A, M.D, hamda Xo‘jayli tumanida yashovchi B.G. lar bilan o‘zora gap talashib, har xil uyatli so‘zlar bilan haqoratlagan. Bunga chiday olmagan L.A, S.Yu bilan janjallashgan vaqtida S.Yu ning yonidagi tanishlari ushbu janjalga qo‘shilib, L.A ni urib do‘pposlagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtirish ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter