Qoraqalpog‘iston va Xorazmda elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi. Bu haqda energetika vazirligi xabar berdi.
Shuningdek, Toshkent shahar, Xorazm, Farg‘ona, Andijon, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti qisman tiklandi.
Ayni paytda respublikamiz hududlarida elektr energiyasi ta’minoti bosqichma-bosqich tiklash ishlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.
Avvalroq vaziyat shaxsan prezident nazoratida ekani ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter