Qorako‘lda ayol chaqalog‘ini axlat qutisiga tashlab yubordi
Joriy yilning 9-may kuni 11:00da ayol yuvinish xonasida o‘z farzandini dunyoga keltirib, so‘ng chaqaloqni o‘ldirgan. Bu haqida Buxoro viloyat prokuraturasi xabar bergan.
Qayd etilishicha, Qorako‘l tumanida yashagan 27 yoshli ayol turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan. Bir nafar farzandi bor.
Ayol 2021-yili ishlash maqsadida Rossiyaga borib namanganlik I.K. bilan tanishib, birga yashab homilador bo‘lgan. U mamlakatga qaytgach, Buxoro shahar A.Somiy ko‘chasida yashovchi xolasining uyida ijarada yashagan.
9-may kuni to‘lg‘oq tutib, yuvinish xonasida chaqalog‘ini dunyoga keltirgan va hech kim bilmasligi uchun o‘g‘il fazandini o‘ldirib, axlat chiqindisiga tashlagan.
Ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter