Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qora bo‘ron»: Tojikiston «qum qamali»da qoldi

«Qora bo‘ron»: Tojikiston «qum qamali»da qoldi

Foto: «Asia Plus»

Tojikistonning markaziy va janubiy tumanlarini qum bo‘roni qurshab oldi. Meteorologlarning xabar berishicha, «qum qamali» 25-sentyabrgacha davom etishi mumkin.

Yo‘llarni ko‘rish darajasi 200−700 metr atrofida. Shifokorlar qum bo‘ronlari allergiya va astma, yurak-qon tomir xastaliklariga chalinganlar uchun xavfli deyishmoqda va shu kunlarda niqoblardan foydalanish, burunni namakobda chayib turishni tavsiya etishmoqda.

«Asia Plus» yozishicha, Tojikistonda havoning changdan ifloslanishiga «afg‘on shamoli» aybdor. Janubi-g‘arbdan kirib keluvchi bu kuchli shamol bir necha soatdan bir necha kungacha esib, Amudaryo, Sirdaryo, Vaxsh daryolari vodiylariga qum bo‘ronlarini, hatto jalani boshlab kelishi mumkin.

Afg‘onistonning o‘zida bu shamolni «qora bo‘ron» deyishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring