Qo‘qonda aholining bir qismi elektr ta’minotisiz qoldi
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi aholining bir qismi elektr ta’minotisiz qoldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Farg‘ona viloyatida 110 kVli «L-Charxiy-1» elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi.
Buning natijasida Qo‘qon shahri iste’molchilari qisman (4 ming 200 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda maxsus brigada tomonidan ushbu nosozlik bartaraf etilmoqda.
Nosozlik qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishi ta’minlanadi, deyiladi vazirlik ma’lumotida.
Avval kuchli shamollar va yomg‘ir sabab Xorazmda minglab xonadonlar elektr energiyasisiz qolgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter