Qirg‘izistonda vertolyot halokatga uchradi
![Qirg‘izistonda vertolyot halokatga uchradi](https://static.xabaruz.com/crop/1/4/720_460_95_1426908681.jpg)
Qirg‘iziston havo mudofaasi kuchlariga tegishli vertolyot tog‘da qutqaruv ishlarini olib borayotgan paytda halokatga uchragan. Bu haqda «RIA Novosti» mamlakat favqulodda vaziyatlar vaziri Muhammad Svarov bergan ma’lumotga tayanib xabar bermoqda.
Qirg‘iziston bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, vertolyot qo‘nayotib kuchli shamol tufayli ag‘darilib ketgan. Oqibatda to‘rt kishi jabrlangan.
Ayni paytda jabrlanganlar shifoxonalarga yetkazilayapti.
Tog‘ cho‘qqisidagi alpinistlarni evakuatsiya qilish uchuvchidan yuksak mahorat talab etadi. Ikki yil ilgari ham 5 ming metr yuksaklikdagi Xontangri tog‘ining Shimoliy Enilchek muzliklarida qolib ketgan rossiyalik alpinistlarni qutqarish uchun borgan Qirg‘iziston mudofaa vazirligiga qarashli «Mi-8MTV» vertolyoti halokatga uchragan edi. O‘shanda halok bo‘lgan ekipaj a’zolarini evakuatsiya qilish uchun bir necha sutka kerak bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter