Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qibrayda «yer savdosi»: yetti gektar uchun 23 500 dollar!

Qibrayda «yer savdosi»: yetti gektar uchun 23 500 dollar!

Foto:«Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo‘limi tekshiruv o‘tkazildi. 

Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar R.Q. va B.R.lar fuqaro I.ning ishonchiga kirib, unga vakolatli tanishlari orqali Qibray tumani hududida joylashgan 7 gektar yer maydonini tender savdolariga qo‘yish orqali sotib olib berishni va’da qilib, evaziga 23 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Departament hamda DXXning Angor tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, «P» fermer xo‘jaligi rahbari H.H. fuqaro A.ga Bandixon tumanidagi davlat zaxirasida bo‘lgan 2 gektar yer maydonini o‘ziniki ekanligini aytib, ushbu yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan sotishni rejalashtirib, oldindan kelishilgan 100 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168–moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring